Www.JesikA.ucoz.coM
Yakshanba, 19.05.2024, 17:35
Категории раздела
Jaxonning Eng Boy Insonlari Ro'yxat [1]
Boyvochcha
Kelin Kuyovga Duo Qilish [1]
Qo'shiqlar Matni [2]
Sevgi [8]
Maqolalar Katalogi [5]
Do'stlik [14]
Buyuklar Sevgi Haqida [1]
O'zim Xaqimda [1]
Yangiliklar [10]
Latifalar [1]
Fojiaga Aylangan Sevgi [1]
Ollohim Hammamizni O'z Panohida Asrasin!!!
Sms Sevgi [0]

Мини-чат
200

Статистика

Xozir saytda: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi: 0

Форма входа

Поиск

Календарь
«  Avgust 2008  »
DshSeChoPshJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Главная » 2008 » Avgust » 14 » Sevgi she'rlari 2
    Sevgi she'rlari 2
    10:19

    AYTAYIN SENGA

     

    Aytayin senga...

    Bismillohu rahmonu rahim,
    O'zing asra meni Ollohim,
    Deb boshlarman sen tomon she'rim,
    Senga atab yozaman she'rim.
    Gaplarimni eshitgin ey yor,
    Senga aytar gaplarim bor.
    Mendek oshiq bir ablah bola.
    Senga qilarman shunday nola.
    Derman tushungil meni ey yor,
    Yuragim faqat seni o'ylab,
    Bo'lmoqda og'ir xasta,kasal.
    Bo'lasanmi men-la shu mahal?
    Faqat sensan yurakka malham
    Sendan boshqa yana kim ham?
    Qilar menga bunaqa yordam.
    Kimga aytayin yana bir bor?
    Ey do'st!Bergin yana maslahat,
    Yuragim yana oldi bir lat
    Meni qildi yana bir diqqat[l]

     

     

    SEVGI

     

    Sevgi. Sevgi bu inson xech qachon tushinmaydigan tuyg'u. Chunki birov uni nozik gulga o'xshasa, birovlar uni tikanga o'xshatadi.Ha sevgi bi Bamisoli atirgul.U go'zal muattar is taratadi. Lekin uni uzib olsang tikani qo'linga botadi. Balki sevgi nimaligini bilmagan yaxshidir.Yo'q sevgisiz hayot yo'q. Sevgan inson u yashaydi. Ammo sevgan inson o'zligini, aqlini, hushini yo'qotadi. Unda sevgisiz shashash kerak. Yo'q. Kimgadir u baribir kerak. Agar hayotga chin sevgi qolmasa unda sevgi kitoblarga yashaydi. balki haqiqiy sevgi faqat ertalkarda, kitoblarda bo'lar? Balki. Mevani uzib yeb ko'rmaguncha uni mazasini bilmaymiz. Sevgi man shunday.sevib ko'rmaguncha uni tushinolmaymiz

     

    GO`ZAL

    Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
    Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
    Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
    Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
    Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
    Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."

    Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
    Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
    Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqa
    Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
    Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
    Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

    Erta tong shamoli sochlarin yozib,
    Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
    Aytadir:"Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
    Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
    Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
    Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

    Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
    Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
    Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
    Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
    Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
    Oydan-da go'zaldir… mendan-da go'zal!.."

    Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
    Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
    Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
    Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?
    Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
    Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

     

     

    SEVGI

    Kechalari yo'qolgan orom,
    So'roqlayman seni bolishdan.
    Nigohlaring aylaganda rom,
    Qo'rqar edim sevib qolishdan.

    So'zlashardim sen bilan to'lib,
    Charchamasdim hech ham kulishdan.
    Ba'zan faqat xayolga tolib,
    Qo'rqar edim sevib qolishdan.

    Kundan kunga borarding yoqib,
    Baxtli edim birga yurishdan.
    Vujudimda bir nido oqib,
    Qo'rqar edim sevib qolishdan.

    Bugun o'ta totli boqishlar,
    Qarshisida turolmadim jim.
    Qo'rqar edim sevib qolishdan.
    Lekin sevib ulgurgan edim.

    Категория: Maqolalar Katalogi | Просмотров: 1940 | Добавил: AdminstratoR | Рейтинг: 0.0/0 |
    Всего комментариев: 0
    Имя *:
    Email *:
    Код *:
    Copyright MyCorp © 2024