Sevgi nima o’zi ? Azob chekib o’tta yonishmi, yoki bahtdan
sarhush bo’lishmi? Chinakkam sevaman degan so’zi, bu sevgimi yoki bir
havas, nega dilim o’rtaydi u , hech ishonib bo’lmaydiku, balki uni
sevmasman ! Balki hammasi havasdur bari, lekin nega yurak talpinar,
Sira ketmas qalbimdan. Gar sevmasam men uni, nega sherlar bitkanman,
nega unga talpinib ortidan zor boqganman , bu tushmidi, hayolmidi, yoki
bir orzu. Kimni o’ylayapman, kimni o’ylayapman ko’zlarimda yosh,
hayolimda paydo bo’lding yuragim zor senga ortiq beraolmas bardosh, bu
kech ,bu oqshomham o’tmoqda bedor yig’lar yuragim o’rtanib zor – zor .
Qiynama dilim, qiynama o’zi chekmoqda shundoqham ozor !!! *** **** ***
SHE'RLAR Men nechun sevaman bilmayman o’zim , Qachon sevib qoldim menga
qorong’u . Netayki muhabbat ko’r qildi ko’zim , Ehtiros qalbimga
solmoqda og’u. Bilsang edi o’shakun bo’lgan edim ishqimga iqror,
Hayotimda uchratib seni sevgan edim ilk birinchi bor. Men harchoq
o’zimni tiymoq bo’laman , Lek yurak qurg’urga o’tmaydi so’zim. Bu
dartdan tayin birkun o’laman, Men nechun sevaman bilmayman o’zim . ***
**** *** Uzoqdan seni ko’rganda, Yugurib seni quchgim keladi. Tikilib
seni oydin yuzinga, Sevaman seni “jonim”degim keladi. *** **** ***
Sendan oldin umrim tugasa, Sen borsanku demak trikman. Ishonmagin u
o’ldi desa, hayotingda doim sherikman. Yo’llaringda chechak uchrasa ,
Yashnab tursa bil o’sha menman . Bog’laringda chaman balq ursa, Nur
sochsa , bil o’sha men-man !!! *** **** *** Men ketaman quvonchlarim
qolmaganida, Pok sevgim chechaksiz armonga aylanganida. Seni qalbing
o’zga yorga intilganida , Men ketaman ko’zim yumilib o’zga dunyoga .
*** **** *** Faqat qoldi shirin hotira , Seni sevib yonganim qoldi.
Eslaganda ko’tarib faryod, Alam bilan kuyganim qoldi. *** **** ***
Ko’nglim notinch qalbimda alam , Dardimga malham qog’oz va qalam.
Vijdon azobi qiynab turganda , Madad bergin yaratgan egam. *** **** ***
Sendan uzoqligim tush bo'lsayu, Cho'chib uyg'onsamu, sevinib ketsam.
Sog'inib so'roqlab, izlab kelsangu, Men seni vaslingga bir umir yetsam!
*** **** *** MONALOGLAR Bilasanmi sen shunchalik bir go’zal emas, tog’
kiykiday jozibadorsan . Sening qaddi qomating, tim qora sochlaring,
mohir rassom mo’yqalami sayqal topgan durday tiniq nozik yuzing,
majnuntol bargidek nihol – nihol qoshlaring, bir – biri bilan husun
talashib turgan kipriklaring. Endigina ochilgan lola rangidek tovlanib
turgan lablaring meni senga yanada yaqinroq bo’lishga, yaqinroq borib
shu lablaringdan bir bora bo’sa olishga yetaklaydi . *** **** ***
Bilasanmi qalbim senga talpinar, xuddi oftob yerga talpinganday seni
kutib zulmat ko’mar qolbimni, sog’inaman seni. Qayerdan izlay kimdan
so’ray, ayt nima qilay, sendan vos kecha olaman yuz o’girishgaxam
qurbim yetadi, lekin seni deb urayotgan bu yurakga nima deb javob
qaytaraman menga bosh egmaydiku . Qaniydi so’zlarimga kirsayu seni
unutsam, qaniydi meni bu azob-u uqubatlardan qutqarib olsa, shunday
deyman-u lekin baribir seni nigoxingni ismingni ko’z o’ngimdan
ketkazaolmayman . *** **** *** Ko’zlaring menga tikilib qoldi, o’rtada
zarvorli sukunat hukumron edi. Menham sening ko’zlaringa tikilib qoldim
, ulardan na tana, na armon, na o’kinchni o’qa oldim . Ko’zlaring
tubsiz va bo’mbo’sht edi , man ana shundagina qanday hato ish qilib
qo’yganimni tushundim , tushundimu go’yoki poying ostiga hayolan
yiqildim … Ox endi, endi umid faqat sendan, azizam, yolg’izim men
nobakorni gunohlaridan o’tishingni juda – juda istardim hozir, Meni
kechir. *** **** *** DIL IZXORLAR Sizga xat yozishimdan yagona maqsadim
ayni paytda qalbimga sig'may, menga ancha vaqtdan buyon tinchlik bermay
kelayotgan xis-tuyg'ularim xaqida yana bir bor bo'lsa-da, gapirib
berishdir. Ochig'ini aytsam, bu tuygularimni xech kachon Sizga tuliq
tushuntirib bera olmasam kerak, chunki ular shu kadar tezlik bilan meni
o'ziga buysundirib oldiki, xatto bu tuyg'u nima ekanligiga dastlab uzim
xam tushuna olmay koldim. Biroq, keyinrok, men xaqiqatdan xam Sizni
SEVIB qolganimni anglab yetdim, yana xam tug'risini aytsam, TAN OLDIM.
ism......, balki shu paytga kadar Sizga bu kabi dil izxorlari juda ko'p
marta bo'lgandir. Balki Siz mening bu gaplarimni o'kib xayron
qolayotgan, kulayotgan, jaxlingiz chikayotgan, zerikayotgan yoki...
xullas bilmadim. Ammo bir narsani anik ayta olamanki, men xozir shu
paytgacha bo'lmagan allaqanday g'alati bir xolatga tushib kolganman.
Kechalari soatlab Siz bilan o'tkazilgan 3-5-daqiqalik suxbatni yoki
Sizga alokador qandaydir mayda-chuyda voqealarni birma-bir esga olaman.
Sizni ko'rdim deguncha, xuddi davlat imtixoniga kirib ketayotgan
o'quvchidek qattiq xayajonga tushaman. Ochig'i, nima kilarimni bilmay
koldim. Men Sizni tushunaman. Avvalo, men xakimda kanday fikrda
ekanligingizni xam bilmayman. Shuning uchun, menga birgina imkon
bering. Sizning ishonchingizni oqlash uchun imkon bering. Sizdan
suraydigan yagona iltimosim shu. Fakat, meni xozirgacha men baxra
olayotgan baxt (masalan, Sizning ovozingizni eshitish yoki
kulganingizni ko'rish baxti)dan maxrum kilmasangiz bo'lgani. Menga
shuning o'zi xam yetarli. ism....... Tug'ri, sevgi aqlning emas, balki
ko'ngilning ishi. Ya'ni aytmokchimanki, sevish uchun miya kerak emas,
balki yurak kerak. Odatda, sevgi maktublari turli she'rlar, shoirona
gaplar bilan yoziladi. Men bunday yoza olmadim. To'g'risini aytsam, men
bor fikru xayolimni bir joyga yig'ib, xammasini chuqur o'ylabkurdim. Va
mening oxirgi xulosam Siz mening xayotimga aylanishingizga ishondim.
Mening yuragimdan chiqgan gap mana shu. Ushbu maktubni o'qishga
ajratgan vaktingiz va e'tiboringiz uchun raxmat, deb xurmat bilan,
oshig'ingiz ism...... .