Www.JesikA.ucoz.coM
Yakshanba, 19.05.2024, 19:42
Категории раздела
Jaxonning Eng Boy Insonlari Ro'yxat [1]
Boyvochcha
Kelin Kuyovga Duo Qilish [1]
Qo'shiqlar Matni [2]
Sevgi [8]
Maqolalar Katalogi [5]
Do'stlik [14]
Buyuklar Sevgi Haqida [1]
O'zim Xaqimda [1]
Yangiliklar [10]
Latifalar [1]
Fojiaga Aylangan Sevgi [1]
Ollohim Hammamizni O'z Panohida Asrasin!!!
Sms Sevgi [0]

Мини-чат
200

Статистика

Xozir saytda: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi: 0

Форма входа

Поиск

Календарь
«  Avgust 2008  »
DshSeChoPshJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Главная » 2008 » Avgust » 20 » Muhabbat va bevafolik haqida maqolalar
    Muhabbat va bevafolik haqida maqolalar
    18:55
    Muhabbat va bevafolik haqida maqollar
    Ayriliq o'limdan qattiq.

    Bevafo do'stdan tayoq yaxshi,
    Bebahra guldan — yaproq.

    Bevafo yor — joningga dor.

    Bevafo yordan vafodor it yaxshi.

    Bevafo yordan osilgan dor yaxshi.

    Bevafoda hayo yo'q,
    Hayosizda riyo yo'q.

    Bevafoning asli ko'ngli begona,
    Bevafoga ko'ngil qo'ygan devona.

    Bildingki, bevafodir,
    Ko'ngil qo'ymoq xatodir.

    Bir etikka ikki oyoq sig'mas,
    Bir yurakka — ikki muhabbat.

    Birga vafo — mingga vafo.

    Birov parini sevibdi,
    Birov — qurbaqani.

    Vafo qilgan vafo topar,
    Jafo qilgan jafo topar.

    Vafoli qul — jafoli qul.

    Vafosizga berilma,
    Vafolidan ayrilma.

    Vafosizda hayo yo'q,
    Hayosizda vafo yo'q.

    Va'da — vafosi bilan go'zal.

    Va'daga — vafo,
    Vafosizga — jafo.

    Gul — bahona, diydor — g'animat.

    Gul — hayot bezagi,
    Sevgi — inson bezagi.

    Gulga boq, tikanni ko'r,
    Yorga boq, jafoni ko'r.

    Gulsiz bulbul — yorsiz bulbul.

    Davosiz dard — muhabbat.

    Dardi yo'q — kesak,
    Ishqi yo'q — eshak.

    Yolg'izlikda yor yaxshi.

    Yorim bor deb yorilma,
    Haqiqiy yor bo'lmasa.

    Yoshlikda bergan ko'ngil,
    Ayrilmas balo bo'lur.

    Ikki yorning urushgani — o'ynashgani.

    Ikki pichoq bir qinga sig'mas,
    Ikki sevgi — bir ko'ngilga.

    Ikki suyuk bir ko'ngilga sig'mas.

    Inson bo'lsang vafo qil,
    Vafosizlik — xato, bil.

    Inson sevgi bilan tirik.

    Intizorlik o'limdan yomon.

    Ip kiysa ham vafodor bo'lsin.

    It — vafo, xotin — jafo.

    Ishq bilan o'ynashib bo'lmas.

    Ishq boshqa, havas boshqa.

    Ishq — muqaddas o't,
    Havas — loyqa suv.

    Ishqi bor o'ynar,
    Dardi bor yig'lar.

    Ishqi borning imoni bor.

    Ishqsiz ko'ngil — egasiz uy.

    Ishqsiz ko'ngil — o'tsiz o'choq.

    Kuygan o'lanchi bo'lar,
    Suygan — laparchi.

    Ko'z qarisa ham, ko'ngil qarimas.

    Ko'ngil gulini sevgi suvi sug'orar.

    Ko'ngil ko'ngildan suv ichar.

    Ma'shuq qayda bo'lsa,
    Oshiq shunda bo'lar.

    Muhabbat — bir so'z, ma'nosi — dunyo.

    Muhabbat — bitta, ko'z — to'rtta.

    Muhabbat boylikka boqmas.

    Muhabbat — dil mevasi.

    Muhabbat yosh tanlamas.

    Muhabbat ketsa, nafrat kelar.

    Muhabbat muhabbatni tug'dirar.

    Muhabbat — uy poydevori,
    Vafo — ustuni.

    Muhabbat chiroy tanlamas,
    Uyqu — joy.

    Muhabbat husn tanlamas,
    Uyqu — o'rin.

    Muhabbatning ko'zi — ko'r.

    Muhabbatsiz umr — o't olmas ko'mir.

    Oltin zanglamas,
    Sevgi qarimas.

    Ochlik osh tanlatmas,
    Oshiqlik yosh tanlatmas.

    Oshiq bilan o'ynasang,
    Oshig'ingga o't tushar.

    Ma'shuq bilan o'ynasang,
    Qoshingda tutlar pishar.

    Parvona — o'z oshig'ining qurboni.

    Po'lat olovda, sevgi hijronda sinalar.

    Rashkning ko'zi — ko'r.

    Sevgan bilan qo'shilish —
    Dutorga tor taqqanday.

    Sevmagan bilan qo'shilish —
    Zaharli ilon chaqqanday.

    Sevgan sevganini deydi,
    Sevmagan kimni deydi.

    Sevganga — sultonsan,
    Sevmaganga — ultonsan.

    Sevganing — oltindan aziz.

    Sevganingga sevgingni ber,
    Istaganga — etingni.

    Sevgi bozorda sotilmas.

    Sevgi — bir, makon — ikki.

    Sevgi degan ikki ko'zda.

    Sevgi yordamchi tilamas.

    Sevgi pulga sotilmas,
    Ko'ngil pulga topilmas.

    Sevgi qarimas, asl chirimas.

    Sevgida zorlik bor,
    Zo'rlik yo'q.

    Sevging oz — umring oz,
    Sevging soz — umring soz.

    Sevging toza — umring toza.

    Sevgining aslini bulbuldan so'ra,
    GuLzor qadrini — guldan.

    Sevgining bahori bilan shodlanma,
    Yoz-u qishi ham bordir.

    Sevgining ko'zi ayb ko'rmas.

    Sevgisiz ko'ngil — vayrona.

    Sevdim deb maqtanma,
    Sevildim deb maqtan.

    Sevimsiz yordan kezimlik ot a'lo.

    Sevikli qul sekirar.

    Sinadingmi — sev,
    Sinamadingmi — qo'y.

    Sinalgan sevgi bukilmas,
    Bukilsa ham so'kilmas.

    Sof sevgi sotilmas,
    Yo kesakdek otilmas.

    Soxta oshiq ishq-sevgidan lof urar,

    Oy o'tmasdan musht o'qtalib, do'q urar.

    Sochingni kunda tara,
    Yoringga kunda qara.

    Suvsiz hayot bo'lmas,
    Vafosiz — oila.

    Suygan yordan ko'z ketmas.

    Suyganimning ko'ngli uchun
    Suymasimni suyarman.

    Suyganimning ko'ngli uchun
    Suymas oshni icharman.

    Suymaganga suykanma.

    Suluv bo'lgan bilan yor bo'la olmas,
    Tuya bo'lgan bilan nor bo'la olmas.

    Tog' tog' bilan qovushmas,
    Odam odam bilan qovushar.

    Tog'ning ko'rki qor bilan,
    Erning ko'rki yor bilan.

    Tutunsiz o't bo'lmas,
    Yorsiz — yigit.

    To'y o'pkasiz bo'lmas,
    Yor — firoqsiz.

    To'g'ri gapning ajjisi yo'q,
    Bevafoning — sujjisi.

    Chin sevgining till bo'lmas.

    Chiroying borida chinoringni top.

    Chiroyli chiroyli emas,
    Suyganing — chiroyli.

    Er sevmasa, el sevmas.

    Yurak yurakka darak berar.

    Yurt sevganni qiz sevar.

    Yaxshi yor yoddan chiqmas.

    O'z suyganing o'zingga suluv.

    O'zi kelgan yor-yor,
    O'zi ketar yor-yor.

    O'ntaning yor-yori bo'lguncha,
    Bittaning vafodori bo'l.

    O'choqdagi o't boshqa,
    Yurakdagi o't boshqa.

    Qalbga qarimoq yo'q,
    Sevgiga — o'lim.

    Qarz — muhabbatning qaychisi.

    Qizil gul ekkanning xirmom bo'lmas,
    Yaxshini suyganning armoni bo'lmas.

    Qizing kimni suysa, kuyoving shu.

    Qizni kim sevmas,
    Qimizni kim ichmas.

    Qizni oshig'iga ber.

    Qizni tanlaganga ber.

    Qimiz kimniki — ichganniki,
    Qiz kimniki — suyganniki.

    Qolgan ko'ngil — chiqqan jon.

    Qush uchadi qanoti bilan,
    Yigit yashaydi vafosi bilan.

    Hamma dardga bor davo,
    Oshiqlik dardi — bedavo.

    Har kim beyordir — bemordir.

    Har dilning sevgisi bor.

    Har kim suygan oshini ichar.

    Har kim — suyganining quli.

    Har kimniki o'ziga
    Oy ko'rinar ko'ziga.

    Har oshiqqa besh kun davr.

    Haqiqiy oshiqlik — ikki yoqdan.

    Husn to'yda kerak,
    Muhabbat — kunda.

    Категория: Maqolalar Katalogi | Просмотров: 1627 | Добавил: AdminstratoR | Рейтинг: 0.0/0 |
    Всего комментариев: 0
    Имя *:
    Email *:
    Код *:
    Copyright MyCorp © 2024