Www.JesikA.ucoz.coM
Yakshanba, 19.05.2024, 20:04
Категории раздела
Jaxonning Eng Boy Insonlari Ro'yxat [1]
Boyvochcha
Kelin Kuyovga Duo Qilish [1]
Qo'shiqlar Matni [2]
Sevgi [8]
Maqolalar Katalogi [5]
Do'stlik [14]
Buyuklar Sevgi Haqida [1]
O'zim Xaqimda [1]
Yangiliklar [10]
Latifalar [1]
Fojiaga Aylangan Sevgi [1]
Ollohim Hammamizni O'z Panohida Asrasin!!!
Sms Sevgi [0]

Мини-чат
200

Статистика

Xozir saytda: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi: 0

Форма входа

Поиск

Календарь
«  Avgust 2008  »
DshSeChoPshJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Главная » 2008 » Avgust » 20 » Islomiy sherlar
    Islomiy sherlar
    18:54
    Islom nematini bowinga toj qil
    Qalbingni Allohga ber sajdai meroj qil
    Kabatullohga gar yeta olmasang
    Yetim bowin silab har juma haj qil
    ______________________________________
    Sizni bizni YARATGAN,
    Bulbul qilib sayratgan.
    Yakkayu yagona ALLOH,
    LA ILAHA ILLOLLOH.
    Kim o’qisa QUR’ON ni,
    Gapirmasa yolg’onni.
    Yaxshi ko’radi ALLOH,
    LA ILAHA ILLOLLOH
    ______________________________________
    Umr maftunkordir ISLOM-la o'tsa..
    O'lim ajoyibdir IYMON-la o'tsa..
    Yanada go'zal bo'lur jumangiz agar,
    TOAT-la,HAYR-la, DUO-la o'tsa.
    Juma muborak bo'lsin
    ****
    Assalomu alaykum qalbi iymon,
    hulqi islom, qadri cheksiz,
    qalbida keksiz, robbisi Rahmon,
    dasturi Quron, vatani Jannat,
    qo'shnisi Muhammad (s.a.v.) bo'lgan aziz do'stim
    bayram muborak bo'lsin.
    _________
    Ollohim ko`rsatgin, olov azobin,
    Badanim gulhanda qizdirgin bir dam
    Suvsiz qoldirgin, qiynagin sokin
    Suvsizlik dahshatin bilayin men ham

    Shunchalr qiynaki, tushunayin ohir: -
    Gunohning ajrini, qahringni Olloh.
    Do`zahning taftini aylagin zohir
    Iymonga kelsin deb notavon, gumroh

    Sinoving oson qil, qiynama meni
    Yaqinlar umrini etmasdan hazon
    O`zimga ber azob, ko`rmayin uni
    Judolik qayg`usi emas (e)kan oson

    Yoki, ber aqil topmoqqa Iymon
    Birovlar ibratin ko`rgan mahal
    Kitobing anglayin o`qigan zamon
    Badbaht qavmidan bo`lmasdan amal

    Imtihon tongida kuydirma Olloh
    Shaytondan asragin qalbu iymonim
    Qo`ymagin bandangni qilmoqqa gunoh
    Quvvat ber nafsimga, o`zing panohim.
    ----------------------------------------------
    YO RASULALLOH!
    Odam Ato boshlab bergan manhajni
    Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh.
    Tasdiqlab shahodat kalimasini,
    Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
    Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

    Me`rojga "marhaba" deb ko`tarilgan,
    Yig`lagan Musoni ovutib ketgan,
    Iysoni eng yaqin birodar tutgan
    Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
    Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

    Halilulloh bo`lmish Ibrohimga ham
    Salovat aytishga undagan odam,
    "Namoz - ko`zim nuri" degan so`nggi dam
    Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
    Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

    Og`ir yo`llarda ham bosib ming tikan
    Har lahza ummatning qayg`usin egan,
    So`nggi lahzada ham "Ummatim" degan
    Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
    Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

    Ba`zilar sunnatdan voz kechib ketmish,
    Siz aytgan firqalar bo`ldilar etmish...
    Bashar garchi turli yo`llar kashf etmish,
    Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
    Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

    Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun!
    Sizga izn bo`lgay shafoat uchun,
    Tavhidni tutganlar salomat butun...
    Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
    Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

    Tinmagay ummatning tilovatlari
    Qur`on taratmish hush tarovatlarin.
    Allohning salomi, salovatlari
    Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
    Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
    ------------------------------------
    Muslima tavbasi

    Allohim kechirgin bor gunohimni,
    Rabbim using avf etgin, menday gumrohni.
    Yelkamga qo'yibsan ikki hamrohni,
    Savob gunohimni yozguvchi ikki guvohni.

    Boshimga o’ramay yoshlikdan hijob,
    Kalomingni avvalroq qilmadim hitob.
    Hech bo’lmasa o’qimadim Islomiy kitob,
    Keyin bilsam bariga bor ekan hisob.

    Qiyomat kunida yig’ilib barcha,
    Mahshargohda navbatlarin kutarlar ancha.
    Seni tanimagan bandang bor qancha,
    Jahannam o’tida o’tindir parcha.

    Asragin ey Robbim mushrik bo’lishdan,
    Do’zahning o’tida kuyib yonishdan.
    Seni bilib turib fosiq bo’lishdan,
    Qabrimga kirganda azob ko’rishdan.

    Qalbimga taratgin ziyo nurini,
    Sifat qilib bergin hayo durini.
    Hamroh qilib bergin Jannat hurini,
    Adashtirmay ko’rsatgin Islom yo’lini.

    Allohim gunohlarim kechirgin bu kech,
    Sening zikringni aytib tildan qo’ymam hech.
    Категория: Yangiliklar | Просмотров: 2965 | Добавил: AdminstratoR | Рейтинг: 5.0/1 |
    Всего комментариев: 1
    08.12.2009
    1. umarova [Material]
    Hama bu gaplarizga qushilaman rahmat she'ringiz juda ma'noli ekan shunday she'rlarda kuproq yozib turing.

    Имя *:
    Email *:
    Код *:
    Copyright MyCorp © 2024